Yaponiya 2020 yilgi Olimpiadaning xavfsizlik strategiyasini tasdiqladi

Sport 08:55 / 04.04.2017 4250

Yaponiya hukumati 4 aprel kuni 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada va Paralimpiada o‘yinlarida xavfsizlikni ta'minlash sohasidagi asosiy strategiyani tasdiqladi, deb xabar bermoqda "Kiodo" axborot agentligi. 

Tasdiqlangan rejada kunbo‘yi faoliyat yurituvchi muvofiqlashtiruvchi markaz yaratish, sport obektlari va "olimpiya qishlog‘i" ortidan kuchaytirilgan kuzatuv olib borilishi ko‘zda tutilgan.

"Olimpiadaga ishonchli tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hukumatning muhim vazifasi hisoblanadi", deb aytgan Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe. U yaponiyaliklarni barcha belgilangan choralarni amalga oshirish ustida ishlashga chaqirdi.

Axborot agentligining ta'kidlashicha, hukumatning rejasi Yaponiyani "dunyodagi eng xavfsiz davlatga" aylantirishga qaratilgan. Iyulda xavfsizlik bo‘yicha maxsus axborot markazi ochish rejalashtirilgan, u Yaponiya politsiyasi boshchiligida faoliyat yuritadi.

6 aprelda Yaponiya hukumati parlamentga yirik jinoyatlarga, ular amalga oshirilmagan bo‘lsa ham, tayyorgarlik ko‘rish uchun jazoni ko‘zda tutuvchi aksilterrorchilik qonunini ko‘rib chiqish uchun topshiradi. Taxmin qilinishicha, ushbu qonun Tokiodagi o‘yinlar xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan. Biroq Yaponiya muxolifati ushbu qonun loyihasi mamlakatda erkinlikni bostirish uchun qaratilgan bo‘lishi mumkinligidan xavotir bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: