Migratsiya agentligi: murakkab savollar firibgarlarni dog‘da qoldirish maqsadida tuzildi

Jamiyat 22:48 / 03.04.2017 19146

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligiga ko‘ra, O‘zbekistonning Koreyaga yoki boshqa xorijiy mamlakatga borib, faoliyat yurituvchi fuqarosi – ushbu yurt vakili sifatida O‘zbekistonning sha'nini himoya qiluvchi kishi hisoblanadi. Uning bilimi, iqtdori, tarbiyasi, axloqi, madaniyati va savodxonligiga qarab, xorijliklar O‘zbekiston va o‘zbeklar xususida xulosa qiladi. Agentlikda OAV vakillari uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida shu haqda so‘z yuritildi. 

Bundan tashqari, Koreya respublikasi vakolatli idoralari, ish beruvchilari O‘zbekistondan borayotgan ishchilarning bir qismi bilim saviyasi pastligi, shartnoma tuzilgan ish joyidan boshqa ishga sababsiz o‘tishi, noqonuniy (nolegal) muhojir bo‘lib qolishi bilan bog‘liq holatlarning ko‘pligidan shikoyat qilishadi. Ushbu salbiy holat Koreya tomonidan O‘zbekistonga ajratilayotgan kvota qisqarishiga olib keladi. 

Shu bilan birga, murakkab savollar tuzilishiga turli haq evaziga koreys tilidan o‘tkazib berishni va'da qiluvchi firibgarlar, tovlamachilarga qarshi kurashish maqsadida ham ushbu usulni qo‘llashga qaror qilingan, biroq puxta tayyorgarlik ko‘rilmagani hamda texnik nosozliklar bu jarayon bilan bog‘liq mashmashalarga sabab bo‘ldi. Agentlik rahbari Ulug‘bek Nazarov bu kabi savollarga shunday izoh berdi. 

Agentlikning yana bir xodimi, bu jihatga qo‘shimcha qilar ekan, internet kafelarda koreys tilini bilgan mutaxassislarga haq to‘lanib, mazkur saralash bosqichidan o‘tmoqchi bo‘lishgani, aslida, savollarga xorijda ishlashni istaganlar shaxsan o‘tishlari kerakligi ta'kidlanganini eslatdi. Bu kabi savollar bilan aynan ular dog‘da qoldirilgan. Ushbu xodim, shu kabi savollar bilan sofdil, haqiqatdan ham faqat koreys tilidan tayyorlangan, o‘z bilimiga ishonib, Koreyaga ishlashga bormoqchi bo‘lganlar aziyat chekmadimi, deb berilgan savolni ochiq qoldirdi. 

Ko‘proq yangiliklar: