Migratsiya agentligi: bu koreys tilidan test emas, testga saralash bosqichi edi

O‘zbekiston 19:44 / 03.04.2017 27297

3 aprel kuni O‘zbekiston Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligida OAV ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda 27-30 mart kunlari agentlik tomonidan Koreya respublikasida mehnat qilish istagini bildirgan o‘zbekistonlik fuqarolarni ro‘yxatga olish jarayoniga doir masalalar haqida batafsil ma'lumot berildi. 

Matbuot anjumanida bevosita ishtirok etgan agentlik rahbari Ulug‘bek Nazarov turli OAV, internet nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan agentlik bilan bog‘liq xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi va ular yuzasidan izohlar berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Koreya respublikalari o‘rtasidagi Memorandumga asosan, Koreyaga borib mehnat qilishni istaganlarning test sinovida qatnashuvchilarni ro‘yxatga olish vazifasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi zimmasiga yuklangan. Shu munosabat bilan, agentlik tomonidan shu yilning 27-28-29-30 mart kunlari Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirishni istagan fuqarolarni ro‘yxatga olishni e'lon qilgan edi. Bu jarayonda qatnashishni istaganlarning ko‘p sonli ekani hamda texnik muammolar tufayli ro‘y bergan uzilishlar natijasida anketalarni qabul qilish jarayoni 1-2-3 aprelda ham davom ettirilgan. 

Nazarovning ta'kidlashicha, bu koreys tilidan test jarayoni emas, balki ro‘yxatga olish edi. Bank to‘lovini amalga oshirish hamda koreys tilidan test sinovlari keyinroq amalga oshiriladi. Test sinovlarini Koreya respublikasi Bandlikka xizmat ko‘rsatish agentligi xodimlari o‘tkazadi. 

Shu bilan birga, Nazarov Koreya respublikasi O‘zbekistonga 2017 yil uchun ajratgan kvotaga ham oydinlik kiritdi. Unga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistondan Koreya respublikasiga 3 ming kishi yuborilishi kerak. Rasmiy imtihonga 6 ming kishi kiritilishi talab qilingan. 

Ko‘proq yangiliklar: