Tokio markazida yerning bir kvadrat metr bahosi 457 ming dollarga yetdi

Iqtisodiyot 22:08 / 28.03.2017 8107

Joriy bahorda Tokioning Gindza dahasida bir kvadrat metr yerning bahosi 50,5 million iyena (deyarli 457 ming dollar)ga yetdi. Bu haqida ko‘chmas mulk operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi JLL kompaniyasi xabar berdi. 

Ko‘rsatilgan narx hatto ko‘chmas mulk juda qimmat bo‘lgan 80-yillarning ikkinchi yarmidagi Yaponiya iqtisodiyotidagi "sovun ko‘pigi" vaziyatidan ham 30 foizga oshiq. 

Bu dahadagi yer va qurilishlar sarmoyadorlarni o‘ziga jalb qila  boshladi. Ular aktivlarning yuqori likvidligiga aminlar, shu bois narxlarni tushirishni o‘ylashmayapti. 

Natijada ko‘plab ishbilarmonlar juda yuqori ijara to‘lovini vaqtida kirita olmay, Gindzadan ketishga majbur bo‘lishmoqda. Holbuki, bu yerda har qanday do‘kon yoki ovqatlanish inshootlariga juda yuqori daromad kafolatlangan. 

Bunday muammo aynan Tokioning markazida ko‘zga tashlanmoqda. 2016 yildagi Yaponiyadagi tijorat ko‘chmas mulkining umumiy narxi o‘tgan yilgiga nisbatan 11 foizga tushgan. Hozirda u 3,7 trillion iyena (taxminan 33,5 milliard dollar)ni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: