Infantino Messi va Ronalduni taqqosladi va kim yaxshiroqligini aytdi

Sport 09:10 / 28.03.2017 20078

FIFA prezidenti Janni Infantino «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va «Barselona» yetakchisi Lionel Messini taqqosladi.

«Menimcha, Ronaldu va Messi bir-biridan katta farq qiladi. Ular turlicha o‘yin uslubi va jismoniy ko‘rsatkich ega hisoblanishadi, ammo har ikkisi ham ajoyib futbolchilar.

Bir mavsumda biri eng yaxshi bo‘lmoqda, ikkinchisida - boshqasi, 10 yildan buyon shu holat takrorlanmoqda. Biz buyuk kurashni kuzatyapmiz. Hozirda FIFAning eng yaxshi futbolchisi - rasman Ronaldu», — deya Infantinoning so‘zlarini keltirgan Sport.es.

Ronaldu FIFA talqiniga ko‘ra 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Ko‘proq yangiliklar: