Anri Vengerning o‘rniga keladimi? Sobiq futbolchi bu haqda o‘z fikrini bildirdi

Sport 11:45 / 27.03.2017 5887

«Arsenal» futbol klubining sobiq hujumchisi Terri Anri Arsen Vengerning o‘rniga jamoa bosh murabbiyiga aylanishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi. U ayni damda Belgiya terma jamoasi murabbiylar shtabi a'zosi hisoblanadi.

«Hammasi ham menga bog‘liq emas. Ba'zi bir prinsiplar borki, ularga rioya qilish kerak, klub esa mening yuragimda. Ha, meni Vengerning o‘rniga kelishi mumkin deyishmoqda. Ammo men bunga izoh berishim biroz mushkul, sababi bu murabbiy hamda uning qilgan ishiga hurmatim cheksiz.

Vengerni almashtirishga tayyormanmi?! Biron narsa deya olmayman. Men butun umr davomida maslahatchi murabbiy bo‘lib qolish niyatida emasman, lekin murabbiy ishi – bu mening maqsadim emas. Buning uchun barchasini qilishga tayyorman, ammo hozircha shunchaki o‘qimoqdaman», - deya Anrining so‘zlarini keltiradi Goal.

Ko‘proq yangiliklar: