Raqqa uchun jang yaqin kunlarda boshlanishi mumkin

Jahon 12:57 / 24.03.2017 10049

Suriyaning Raqqa shahrini ozod etish yaqin kunlarda boshlanishi mumkin. Bu haqda Fransiya mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drian ma'lum qildi.

"Bugun shuni aytish mumkinki, Raqqa o‘rab olingan hamda shahar uchun jang yaqin kunlarda boshlanadi", - deya Le Drianning CNEWS telekanali efirida aytgan so‘zlaridan iqtibos keltirgan Frans Press agentligi.

Avvalroq “Suriya demokratik kuchlari” arab-kurd otryadlariga IShIDning Suriyadagi “poytaxti” Raqqani butunlay to‘sib qo‘yish, shundan so‘ng shaharga hujum boshlash uchun 15 kun talab etilishi xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: