Porsche har bir xodimiga 9 ming yevrodan sovg‘a qiladi

Fan-texnika 17:26 / 24.03.2017 6969

Porsche kompaniyasi o‘z xodimlariga 9111 yevro miqdorida mukofot puli to‘lash haqida e'lon qildi. Bonus 21 ming kishiga beriladi. Porsche 2016 yildagi faoliyatning muvaffaqiyatli natijalarini shu tariqa nishonlamoqda. "Motor" ushbu mavzuga doir ma'lumot bilan bo‘lishdi. 

2016 yilda kompaniya sotuvlar bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi - 2015 yilgi savdo hajmi 6 foizga oshib, 237 778 mashinani tashkil qildi. Porsche'ning daromadi 22,3 milliard yevroga (+4 foizga) o‘sdi. Operatsion foyda 14 foizga (3,9 milliard yevroga) oshdi. 

2016 yil oxiriga kelib, Porsche'ning shtati ham 13 foizga, 27 612 kishiga kengaydi. 

Bu marka rahbariyatidan xodimlarga joriy qilingan birinchi bonus emas. Kompaniya 2016 yilda ham ishchilarga (15,6 ming kishi) 9 ming yevroga yaqin bonus to‘lagan. O‘shanda kompaniya 2015 yil uning tarixidagi eng muvaffaqiyatli yil bo‘lganini ta'kidlagan edi, zero firma ilk marta bir yilda 200 ming avtomobilni sotishga muvaffaq bo‘lgandi. 

2015 yilda nemis markasi o‘zining har bir ishchisiga qo‘shimcha 8,6 ming yevro to‘lagan, 2014 yilda esa yillik mukofot puli hajmi 8,2 ming yevroni tashkil qilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: