Londondagi hujum britaniyalik tomonidan amalga oshirilgani ma'lum bo‘ldi

Jahon 18:13 / 23.03.2017 7647

Londondagi terrorchi britaniyalik bo‘lib, u bir o‘zi harakat qilgan. Politsiya yangi tayyorlanayotgan teraktlar haqida hech qanday ma'lumotlarga ega emas. Bu haqida Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning so‘zlariga asoslanib, RIA "Novosti" xabar berdi

"Terrorchi bir o‘zi harakat qilgan, politsiya yangi hujumlar haqida ma'lumotlarga ega emas... U (terrorchi) britaniyalik bo‘lgan", - dedi bosh vazir parlamentdagi chiqishida. 

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, bundan avval gumondor kontrrazvedka e'tiboriga tushgan, biroq hozirda u ishlar yuzasidan tergov yoki kuzatuvlar olib borilmagan. 

"Terrorchi islom ekstremizmi motivlaridan kelib chiqib harakat qilgan", - deya qo‘shimcha qildi Mey. 

Ko‘proq yangiliklar: