Londondagi teraktda 11 mamlakat fuqarolari jabrlandi

Jahon 17:38 / 23.03.2017 5520

Londondagi teraktda 11 davlat fuqarolari jabrlandi, ulardan 12 nafari britaniyalik, deb xabar berdi Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey.

"11 millat vakillari jabrlandi: 12 britaniyalik, uch fransiyalik, ikki nafar ruminiyalik, to‘rt Janubiy Koreya fuqarosi, bitta polshalik, bir nemis, bir irlandiyalik, bir Xitoy fuqarosi, AQShning bir nafar fuqarosi, bir italiyalik va Gretsiyaning ikki nafar fuqarosi", - dedi Mey parlamentda chiqish qilib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uch nafar politsiyachi jarohatlandi, ulardan ikki nafari og‘ir ahvolda kasalxonaga olib kelingan.

Terakt mahalliy vaqt bilan 14:40da (Toshkent vaqti bilan 19:40) shahardagi eng mashhur joylardan birida ro‘y berdi: Vestminster ko‘prigi bo‘ylab harakatlanayotgan mashina yo‘l chetiga chiqib ketib, bir necha kishini bosib ketgan, parlament binosiga qadar borganidan so‘ng esa jinoyatchi politsiya tomonidan to‘xtatilgan. U politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi, og‘ir jarohatlangan huquq-tartibot idorasi vakili halok bo‘lgan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa tufayli to‘rt kishi halok bo‘ldi, terrorchining o‘zi esa yo‘q qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: