Emirates AQSh reyslariga nisbatan joriy qilingan cheklovlarni kamaytiradi

Iqtisodiyot 17:35 / 23.03.2017 2502

Dubayning Emirates aviakompaniyasi AQSh tomonidan joriy qilingan samolyot salonida elektronika olib o‘tishga nisbatan qo‘yilgan cheklovlarni kamaytirib, yo‘lovchilarga samolyot bortga qo‘ngunga qadar noutbuklardan foydalanishga ruxsat bermoqchi. Bu haqida Arabian Business nashri xabar berdi. 

Bundan avval Emirates 25 martdan boshlab AQSh tomonidan bu mamlakatga amalga oshiriladigan reyslarda salonda yirik elektronikani tashishga doir cheklovlar kuchga kirishini rasman tasdiqlagan edi. Yangi qoidalarga ko‘ra, yo‘lovchilar uyali telefon va smartfondan kattaroq bo‘lgan elektron qurilmalarni bortga olib chiqa olishmaydi, ular yukxonaga topshiriladi. Faqatgina tibbiyot uskunalari bundan mustasno. 

Biroq aviakompaniya o‘zining yangi bayonotida yo‘lovchilar salonga kirgunlariga qadar ularga noutbuk va planshetlardan foydalanishga ruxsat berilishini ma'lum qildi. U holda aviakompaniya xodimlari ushbu qurilmalarni yukxona bo‘limida saqlash uchun topshirishadi. Yo‘lovchilar o‘z manzillariga yetib kelishganidan so‘ng elektron qurilmalar egalariga qaytariladi. 

Aviakompaniya bu xizmatlarni tezkorlik bilan ko‘rsatish maqsadida qo‘shimcha xodimlarni jalb qilishini ma'lum qilgan. 

Emirates prezidenti Tim Klark AQShning yangi xavfsizlik chorasini "amaliy jihatdan murakkab" deb atadi. 

Ko‘proq yangiliklar: