2017 yilda Qozog‘istonga 560 ming tonna meva-sabzavot eksport qilinadi

Iqtisodiyot 18:13 / 23.03.2017 7127

O‘zbekiston 2017 yilda Qozog‘istonga meva-sabzavot mahsulotlari eksportini 560 ming tonnaga (410 million dollar) yetkazmoqchi. Bu haqda «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi xabar bergan.

Kompaniya ma'lumotiga ko‘ra, 2016 yili Qozog‘istonga 307 million dollarlik 482,6 ming tonna sabzavot, meva, poliz ekinlari, uzum, dukkaklilar va quritilgan meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. Bu 2015 yildagi ko‘rsatkichdan 89,6 ming tonnaga yoki 23 foizga ko‘p demakdir.

Shu bilan birga, joriy yilning yanvar-fevral oylarida yangi va quritilgan mahsulot eksporti 22 078 tonna yoki 15,968 mln dollar, oziq-ovqat mahsulotlari (sharbatlar, murabbolar, salqin ichimliklar, konserva mahsulotlari) eksporti 3,35 mln AQSh dollarini tashkil qildi. 

«O‘zagroeksport» tomonidan Qozog‘istonda 3ta savdo uyi tashkil etilgan. Bugungi kunda savdo uylari bilan umumiy qiymati 40 mln dollardan ortiq meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha 10ta shartnoma imzolandi.

Savdo uylari chakana-ulgurji savdo faoliyati, loyihalarni tashkil etish, mahsulot yetkazib berishni tashkil etish, bojxona shaffofligi va oziq-ovqat tovarlarini realizatsiya qilish, marketing siyosatini ishlab chiqish va olib borish, Qozog‘iston va O‘zbekiston Respublikalaridagi savdo tarmoqlari hamda boshqa manfaatdor kompaniyalar bilan kelishuv hamda shartnomalarga erishish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.

Ko‘proq yangiliklar: