Peruda suv toshqiniga uchragan yuk mashinasi haydovchisi mo‘'jiza tufayli o‘limdan qutulib qoldi

Jamiyat 17:09 / 17.03.2017 12512

Peruda yuk mashinasi haydovchisi mashinani kuchli suv oqimi yuvib ketishidan bir necha soniya avval kabinadan chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu holat videosi BFMTV nashrida namoyish etilgan.

Lotin Amerika aholisi so‘nggi o‘n yilda bunday eng kuchli tabiiy ofatlardan birini boshidan kechirmoqda. 15 mart kuni mamlakatdagi suv toshqini va ko‘chkilar 48 kishini hayotdan olib ketgan.

Hozirda hukumat armiyasi qutqaruv ishlari bilan shug‘ullanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: