Barcha ta'lim muassasalarida o‘quvchi va talabalar 18 martdan keyin ta'tilga chiqadi

O‘zbekiston 21:48 / 17.03.2017 65802

O‘zbekistonda 19 mart kuni ta'lim muassasalarida o‘qish kunlari bo‘lmaydi. O‘zbekiston respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmatining «Kun.uz»ga ma'lumot berishicha, talabalar 18 mart kuni darsga kelishadi, 19, 20, 21 mart kunlari esa dam olish kunlari bo‘ladi.

Shuningdek, Xalq ta'limi vazirligidagilar ham O‘zbekiston prezidenti qarori asosida 20 mart, dushanba kuni dam olish kuni sifatida e'lon qilingani, shu tufayli bu kunda ham, 19 mart, yakshanba kunida ham o‘qish bo‘lmasligini ma'lum qildi.

«2017 yil 20 mart kuni dam olish kuni deb e'lon qilinganligi hamda umumta'lim maktablarida shu yilning 21 martidan 27 martigacha bahorgi ta'til bo‘lishi munosabati bilan 20 martdagi dars soatlari bahorgi ta'tildan so‘ng 28-31 mart kunlari amaldagi darslarga qo‘shimcha taqsimlab o‘tilishi tavsiya etiladi», deyilgan Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: