Ta'lim muassasalaridagi to‘garaklar faoliyati tubdan yaxshilanadi

O‘zbekiston 09:29 / 15.03.2017 9952

Toshkent shahar hokimligida 14 mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shahardagi maktablar va o‘rta maxsus ta'lim muassasalaridagi o‘quvchilar davomati va o‘quv jarayoni muhokama qilindi.

Yig‘ilishda shuningdek, ta'lim muassalarida tashkil etiluvchi fan, sport va boshqa yo‘nalishdagi to‘garaklar faoliyatini to‘liq qayta ko‘rib chiqish masalasiga ham e'tibor qaratildi.

"2016-2017 yilgi o‘quv yilida umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda o‘quvchilar davomatini to‘liq ta'minlash, 9-sinf bitiruvchilarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga o‘qishga qamrab olishni amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qo‘shma qarorga muvofiq, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida maktablar qoshidagi to‘garaklar faoliyatining real holati o‘rganib chiqiladi. 

Joriy yilning 1 apreliga qadar ta'lim muassasalaridagi to‘garaklar ishini tubdan yaxshilash, ularning faoliyatiga kerakli o‘zgartirishlarni kiritish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: