Yaponiyada fil hayvonot bog‘i xodimini o‘ldirib qo‘ydi

Jamiyat 16:49 / 12.03.2017 9745

Yaponiyadagi Adventure World hayvonot bog‘ida fil bog‘ xodimiga hujum qildi. Bu haqda Japan Today xabar berdi.

37 yoshli Tayland fuqarosi Hindiston filini yuvintirayotgan vaqtda vazni 3,5 tonna keladigan hayvon xartumi bilan bog‘ xodimini urgan. 

"Fil nimadandir jahli chiqdi. Xodim yiqildi va qafasga urildi", – dedi bog‘ xodimlaridan biri. 

Erkak shifoxonaga yotqizilgan, ammo keyinroq shifoxonada jon bergan. 

Voqea tongda, hayvonot bog‘i ochilishidan avval sodir bo‘lgan. Hozirda filning keyingi taqdiri haqida ma'lumot berilmagan. 

Ko‘proq yangiliklar: