IShID Suriyada ham tor-mor bo‘lmoqda. OAV jangarilarning yetakchilari Raqqani tashlab ketganidan xabardor

Jahon 11:47 / 09.03.2017 15718

IShIDning Suriyadagi poytaxti Raqqa shahri ham taslim bo‘lish arafasida. New York Times nashri jangarilarning yetakchilari ushbu shaharni tashlab ketgani haqida xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, IShID Suriya va Iroqning boshqa tog‘li hududlarida qarshilik ko‘rsatishni davom ettirishni rejalashtirgan.

AQSh Mudofaa vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda Raqqa shahrida 4 mingga yaqin jangari qolgan.

Amerikaliklar IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy hamon tirik ekani va u Mo‘sulni allaqachon tark etganidan xabar berishgan.

Taxminlarga ko‘ra, u Iroq sahrolariga yashiringan va o‘zini topib olmasliklari uchun hech kim bilan aloqaga chiqmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: