Hayot uchun kurash-2: Keniyada uzun dandon tishli noyob fillardan biri o‘ldirildi

Jamiyat 18:37 / 07.03.2017 8576

Keniya brakonerlari Afrikadagi Satao II laqabli eng keksa va yirik fillardan birini o‘ldirishdi. Bu haqda The Guardian nashri bong urmoqda.

Hayvonning jasadini Keniya janubidagi Tsavo milliy parkini havodan kuzatish chog‘ida aniqlashgan. Fil zaharlangan kamon o‘qi yordamida o‘ldirilgan. Noyob hayvonni o‘ldirgan ikki brakoner qo‘lga olingan. 

Xabarlarga ko‘ra, Satao II 50 yoshga yaqin bo‘lgan. Uning boshqa hayvonlardan asosiy farqli jihati dandon tishlari hisoblangan. Deyarli yerga tegadigan tishlarining har biri 50 kgdan og‘ir kelar edi. Tsavo Trust tashkilotiga ko‘ra, dunyoda shunday uzun dandon tishlarga ega fillarning soni 25ta atrofida bo‘lib, shulardan 15tasi Keniyada yashaydi. 

Filga boshqa bir yirik fil Satao sharafiga shunday nom berilgan edi. Satao 2014 yilda g‘arazgo‘ylar tomonidan o‘ldirilgandi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: