Pentagon Suriyaga qo‘shimcha harbiy kuchlarini kiritadi

Jahon 11:13 / 05.03.2017 4364

Pentagon Suriyaning Raqqa shahrini IShIDdan ozod etish uchun qamalga qo‘shimcha kuchlarni jalb etmoqda. Bu haqda The Washington Post xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, Vashington maxsus topshiriqli harbiylarini, harbiy vertolyotlari hamda artilleriyasining bir qismini Suriyaga ko‘chirishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, IShIDga qarshi kurash olib borayotgan Suriya kurdlariga o‘q-dori yetkazib berish davom ettiriladi.

Shuningdek, amerikalik amaldorlar Suriyada AQSh harbiylari bo‘lishi bo‘yicha sobiq prezident Barak Obama tomonidan qo‘llangan cheklovlarni bekor qildirishmoqchi.

Obamaning chekloviga ko‘ra, Suriyada 500 nafardan ortiq amerikalik maxsus topshiriqli harbiylar bo‘lishi taqiqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: