Umrbod bepul parvoz qilish huquqiga ega inson undan biror marta foydalanmadi

Jamiyat 23:41 / 26.02.2017 24704

1978 yilning 13 fevralida Yugoslaviya - Avstraliya reysini amalga oshirayotgan samolyot bortida bir ayol farzandli bo‘lgan. Bu aviatashuvlar tarixidagi ilk bortdagi tug‘uruq holatlaridan biri edi. AdMe.ru bundan keyingi voqealar rivoji haqida ma'lumot berdi

© prva.rs   

Makedoniyalik Mariya Todev o‘shanda 18 yoshda bo‘lgan. U eri bilan ko‘rishish uchun Belgraddan Sidneyga qarab yo‘l olgandi. Samolyot qo‘nishiga ikki soat qolganida kutilmaganda homilador Mariyaning to‘lg‘oq dardi boshlandi. Bort kuzatuvchilari va yo‘lovchilar unga yordamga kelishdi. 

Dunyoga kelgan chaqaloqning cho‘qintirgan otasi shu reysning uchuvchisi bo‘ldi. Bolakayga JAT aviakompaniyasi (bugungi nomi - AirSerbia) sharafiga Yatko ismi berildi.

Yatko — tug‘ilganlik guvohnomasida samolyot ko‘rsatilgan yagona inson. U butun umri mobaynida JAT aviakompaniyasi samolyotlarida dunyoning istagan burchagiga bepul parvoz qilish huquqini qo‘lga kiritgan. 

Bunga ishonish qiyin, lekin Yatko 39 yil ichida biror marta bu huquqidan foydalanmadi. U dunyoning istagan burchagiga borishi mumkin edi, biroq Avstraliyada qolishni afzal deb bildi. 

Ko‘proq yangiliklar: