Pokiston aviakompaniyasi samolyotda yo‘lovchilar tik turib ketgani haqidagi ma'lumotni rad qildi

Jahon 20:37 / 26.02.2017 3177

Pokistonning Pakistan International Airlines (PIA) aviakompaniyasi Karachi-Madina reysidagi yo‘lovchilardan 7 nafari tik turib ketishga majbur bo‘lgani haqidagi ma'lumotni tasdiqlamadi. Bu haqda Frans Press agentligi xabar berdi.

Aviakompaniya reysida shunday holat kuzatilgani haqida Dawn nashri ma'lumot tarqatgandi. Manbaning yozishicha, yanvar oyida 3 soatlik reysni amalga oshirgan Boeing 777 rusumli samolyoti bortida belgilanganidek 409 yo‘lovchi emas, 416 yo‘lovchi uchgandi. Bortda ortiqcha yo‘lovchilar paydo bo‘lishi qo‘lda yozilgan talonlarga ega yo‘lovchilarning bortga qo‘yilishi bilan izohlangandi.

Nashr bu hodisada aviakompaniya xodimlari bir-birini ayblagani, shu tufayli fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi haqiqiy aybdorni topa olmayotganini qayd etib o‘tgandi.

Aviakompaniya rasmiysi Danial Gilanining aytishicha, OAVning bu haqdagi xabari "asossiz va bo‘rttirilgan".

"Parvoz uzoqligi qancha bo‘lishidan qat'i nazar samolyot bu holatda uchishini tasavvur qilib bo‘lmaydi", degan u.

Ko‘proq yangiliklar: