Ronalduning turk serialidagi ishtiroki haqidagi ma'lumot yolg‘on bo‘lib chiqdi

Sport 18:45 / 20.02.2017 5637

Madridning "Real" jamoasi hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning vakillari futbolchining turk serialidagi ishtirokiga oid ma'lumotlarni rad etishdi. Bu haqida As nashri xabar berdi. 

Gap shundaki, Daily Sabah nashri Ronalduning Turkiyada qo‘nim topgan suriyalik oila hayoti haqidagi turk serialida epizodik rolni ijro etishi haqida xabar bergandi. Manbada s'yomkalarda amerikalik mashhur aktrisa Anjyelina Jolining qatnashishi ham ma'lum qilingan. 

"Bu haqidagi ma'lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", - deyishdi portugaliyalik futbolchining vakillari. 

Krishtianu Ronaldu dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi. 32 yoshli portugaliyalik hujumchi o‘z karerasi davomida yil yakunlari bo‘yicha to‘rt marotaba "Oltin to‘p" mukofotiga sazovor bo‘lgan, uch marta Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgan, shuningdek u turnir tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Ronaldu 2016 yilda Portugaliya terma jamoasi tarkibida Yevropa chempioni bo‘ldi. 

Ko‘proq yangiliklar: