«Real» endi boshqa hujumchi uchun kurash boshladi

Sport 19:20 / 20.02.2017 11476

Madridning «Real» klubi murabbiylar shtabi  «Seltik» hujumchisi Mussa Dembelega qiziqish bildirmoqda, deb yozadi The Mirror.

Manba bergan xabarga ko‘ra, ispan jamoasi futbolchining transfer shartlarini aniqlab olish maqsadida shotland klubi bilan gaplashib olgan.

Qishki transferlar vaqtida futbolchini sotib olish uchun Londonning «Chelsi» klubi urinib ko‘rgandi. Ular futbolchiga 35 mln. yevro taklif qilishgandi. Ammo shotlandiyaliklar futbolchi uchun Dembele uchun 47 mln. yevro talab qilishgan.

Shotlandiya chempionatining ortda qolgan 25 turidan keyin Dembele 23 uchrashuvda ishtirok etib 13ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: