Pagani’ning yangi giperkari 2,4 mln dollardan sotiladi

Fan-texnika 19:58 / 20.02.2017 4445

Pagani firmasi yangi superkarini namoyish qildi. Gap Huayra deb nom olgan rodster haqida ketmoqda. Avtomobilning rasmiy premerasi Jyenevadagi xalqaro avtosalon doirasida bo‘lib o‘tadi. 

Rodster 2010 yilda konveyerdan chiqqan kupe bazasida qurilgan. Avtomobil biturbirlangan, 746 ot kuchiga ega V12 dvigateli bilan jihozlangan. Kupedan farqli ravishda, usti ochiq rodsterning kuzovi yengilroq, uni yaratishda yangi Carbo-Triax HP52 materiali qo‘llangan.

Hammasi bo‘lib 100 ta shunday mashina ishlab chiqariladi. Mashinalar 2,4 mln dollardan sotiladi.  

Foto: Pagani

Pagani Automobili giperkarlar ishlab chiqaruvchi italyan firmasi bo‘lib, 1992 yilda tashkil topgan. Uning bosh qarorgohi Italiyaning Modena shahrida joylashgan. Firma ko‘p yillardan beri Daimler AG kompaniyasining sport modellari ishlab chiqaruvchi AMG bo‘limi bilan hamkorlik qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: