Kutilmagan tasodif: Porsche Macan nusxasi haqiqiy «Porshe»ga kelib urildi

Fan-texnika 19:20 / 20.02.2017 10260

Xitoyda Porsche Macan’ning deyarli “yuz foizli” nusxasi sanaluvchi Zote SR9 yo‘ltanlamasi haqiqiy Porsche Cayenne’ga borib urildi. Bu haqda Carnewschina nashri xabar bermoqda.

Hodisa Shanxayda ro‘y bergan. Aftidan, tim-qizil rangli Zote yo‘ltanlamasi yaqin orada xarid qilingan – avtomobilda hali ham raqamlar yo‘q. Ushbu mashina boshqaruvida qiz bo‘lgan. Nashr atigi bitta fotosuratni taqdim etdi, shuning uchun yo‘ltanlamaslarga qanday zarar yetgani haqida ma'lumotlar juda kam.

Ma'lumot uchun, SR9 modeli 190 ot kuchiga ega 2 litrli motor bilan jihozlanadi. Yo‘ltanlamas narxi taxminan 16 ming AQSh dollaridan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda o‘tgan yilda shunga o‘xshash yana bir falokat ro‘y bergandi. O‘shanda Range Rover Evoque’ning kloni Landwind X7 yo‘ltanlamasi haqiqiy «Evok» bilan to‘qnashib ketgan. Hodisaga «Lendvind» haydovchisi aybdor deb topildi, klon-mashina haydovchisi ta'mirlash uchun sarf-xarajatni sug‘urta pullari hisobidan qopladi.

Ko‘proq yangiliklar: