KXDR elchisi: Malayziyada o‘ldirilgan odam prezidentning akasi emas

Jahon 18:40 / 20.02.2017 15227

KXDRning Malayziyadagi elchisi Kan Chol Kuala-Lumpur aeroportida Kim Chen Namning o‘ldirilishi bo‘yicha mamlakatda olib borilayotgan tergovga ishonchsizlik bildirdi.

Elchining aytishicha, o‘ldirilgan shaxs KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi emas, uning ismi-sharifi Kim Chol.

«Bu voqeaga bir hafta bo‘ldi. Biroq o‘lim sabablari haqida hech qanday dalil taqdim etilmadi, biz malayziyaliklar politsiyasiga ishona olmaymiz. Elchixona o‘ldirilgan kishining shaxsini aniqladi — u KXDR fuqarosi Kim Chol», — degan elchi.

Bundan oldinroq elchi KXDR hukumati Malayziyada vafot etgan Shimoliy Koreya fuqarosi jasadining yorib ko‘rilishi natijalarini ushbu jarayon KXDR vakillari ishtirokisiz o‘tkazilgani tufayli tan olmasligini bildirgandi. U shuningdek, marhumning jasadi zudlik bilan shimollik koreyslarga topshirilishi zarurligini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: