Dubaydagi qurilishi tugallanmagan eng qimmat kvartira qanchaga tushdi?

Jamiyat 19:13 / 20.02.2017 20944

2016 yilda Dubayda qurilish jarayonidayoq xarid qilingan eng qimmat kvartiralarning top-10 reytingi tuzildi. Ma'lum bo‘lishicha, eng qimmatbaho apartamentlar narxi 8 million dollardan oshgan. Arabian Business mazkur  reytingni taqdim etdi

Jumeirah Beach Residence (JBR) hududida qurilayotgan 1 / JBR inshootidagi apartament xaridi o‘tgan yili Dubaydagi qurilish jarayonida imzolangan bitimlar orasida eng qimmatbahosi bo‘ldi. 312 kvadrat metrli kvartira 8,08 million dollarga sotilgan. Uning egasi har bir kvadrat fut uchun 2 406 dollar to‘lagan. 

Shuningdek Dubayda qurilishi tugallanmagan eng qimmat uylar o‘nligi ro‘yxatida Downtown Dubai hududida joylashgan obektlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. 

The Address Residences Dubai Opera (Tower 1)dagi kvartiralar ro‘yxatning ikkinchi, uchinchi va beshinchi o‘rinlarini egalladi. Ularning kvadrati uchun 7.46, 6.99 va 6.73 million dollar sarflangan. 6.79 million dollarlik shartnoma The Address Residence Sky View (Tower 1)da qayd etilgan.  U ro‘yxatning to‘rtinchi pog‘onasidan o‘rin olgan. Oltinchi pozitsiya esa The 118 apartamentiga berilgan (6.04 million dollar). 

Palm Jumeirah'dagi One loyihasi birinchi o‘nlikdagi so‘nggi to‘rt o‘rinni band qilgan (5.86, 5.74, 5.64 va 5.45 million dollar). 

Ko‘proq yangiliklar: