Zidan: «PSJ»ning ulkan salohiyati bor, ammo…

Sport 09:59 / 18.02.2017 10915

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan «PSJ» jamoasini Chempionlar ligasining favoriti deb hisoblash mumkinmi, degan savolga javob berdi. Fransiyaning «PSJ» klubi Ispaniyaning yana bir grand jamoasi «Barselona»ni turnirning 1/8 finalida 4:0 hisobida mag‘lub etgan edi. 

«Albatta, «PSJ» Chempionlar ligasida g‘olib chiqishi mumkin. Bu jamoa ulkan salohiyatga ega va u favoritlardan hisoblanadi. Biroq, bu uzoq va mashaqqatli yo‘l, hammaga qiyin bo‘ladi. Ajoyib, lekin birgina natija Chempionlar ligasi g‘olibligini ta'minlamaydi», — deya Zidan so‘zlarini keltiradi beIN Sports.

Ko‘proq yangiliklar: