Venger o‘z iste'fosini kutmaslikka ishora qildi

Sport 16:43 / 17.02.2017 6613

«Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger o‘z kelajagi borasidagi xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.

«Hozirda bizda boshqa maqsadlar bor, hozir mening kelajagim masalasi birinchi masala emas. Klub kelajagi muhim, biz mavsumning qolgan qismi haqida o‘ylashimiz kerak. Men keyingi mavsumda ham murabbiylik qilaman. Bu aniq.

Klub kelajak uchun qaror qabul qilishi kerak. Men agar klub haqida o‘ylamaganimda, bu yerda 20 yil ishlamagan bo‘lardim.

Men «Arsenal»ning buguni uchun ham, kelajagi uchun ham qayg‘uraman. Klub ishonchli qo‘llarda bo‘lishi kerak.

Hatto men ketadigan bo‘lsam ham, «Arsenal» har o‘yinda g‘alaba qozonishni boshlab yubormaydi», – deya Vengerning so‘zlarini keltirgan Sky Sports.

«Arsenal» 15 fevral oqshomida YeChLning nimchorak finali doirasida «Bavariya»ga 1:5 hisobida yutqazdi.

Venger jamoani 1996 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Bundan oldinroq uning taqdiri mavsum yakunida hal qilinishi haqida xabar berilgandi.

Venger «Arsenal»dagi kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi

Ko‘proq yangiliklar: