11 fevral kunidan Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari chorrahasi yopiladi

O‘zbekiston 19:29 / 10.02.2017 48064

Toshkent shahrida Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari chorrahasi 11−23 fevral kunlari hududda yo‘l o‘tkazgich qurilayotgani munosabati bilan transport vositalari harakatlanishi uchun yopiladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» kompaniyasi matbuot xizmati ma'lum qilgan.

Haydovchilardan ko‘rsatilgan muddatda shaharning boshqa ko‘chalaridan foydalanish iltimos qilingan. Jamoat transporti marshrutlarining o‘zgarishi kutilmoqda. Qo‘shimcha ma'lumotlar keyinroq e'lon qilinadi.

Umumiy uzunligi 900, balandligi 6, kengligi 24 metr bo‘lgan 6 polosali mazkur yo‘l o‘tkazgich nafaqat haydovchilar va piyodalarga, balki shu yerda yashayotgan aholiga ham bir qancha qulayliklar yaratadi.

Ko‘prikning ikki tomonida piyodalar uchun umumiy uzunligi 131,6 metr bo‘lgan ikkita yer usti o‘tish yo‘lagi ham barpo etilmoqda. Yog‘in-sochinli kunlarda himoyalanish moslamalari o‘rnatishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Toshkent shahrining Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishmasida yangi yo‘l o‘tkazgich qurilishi boshlanadi

Fotoreportaj: Toshkentning Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishmasida yangi yo‘l o‘tkazgich qurilish ishlari boshlab yuborildi

Ko‘proq yangiliklar: