Tokio oqova suvlarida sianid zaharli moddasi topildi

Jahon 08:17 / 07.02.2017 5316

Yaponiya poytaxti Tokio shahrining Arakava maxsus tumanidagi kimyo zavodidan sianid suv eritmasi sizib chiqdi, zaharlangan kishilar haqida ma'lumot yo‘q.

NHK telekanalining xabariga ko‘ra, normativlar bilan barcha miqdorida taqiqlangan modda Arakavadagi suv tozalash qurilmalari majmuasini tekshirish chog‘ida oqova suvlarda aniqlangan. Ma'lum bo‘lishicha, modda suvga majmuadan 4 kilometr uzoqlikda joylashgan kimyoviy zavoddan tushgan.

Taxminlarga ko‘ra, sizib chiqish sianid suvli eritmasi bo‘lgan sisternalardan biridan ro‘y bergan. Ayni damda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Ma'lumot uchun, sianidlar metallarni qayta ishlash, organik sintez, elektrokimyo va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi. Barcha sianidlar juda zaharli bo‘lib, ularni sichqon va kalamushlarga qarshi zahar sifatida ishlatishadi. Bundan tashqari, ba'zi bir sianidlar jangovar zaharlovchi moddalar sifatida qo‘llanilgan.

Ko‘proq yangiliklar: