Britaniyalik olimlar Antarktidaga temir meteoritlar izlagani yo‘l olishadi

Jahon 21:58 / 03.02.2017 4463

2020 yilda Buyuk britaniyalik mutaxassislar jamoasi Antarktidaga temir meteoritlar izlagani jo‘nashadi. Olimlarning fikricha, bunday topilmalar sayyoralarning shakllanishi haqida ko‘proq bilishga yordam beradi. Olimlar o‘z rejalari haqida Nature jurnalidagi maqolada so‘zlab berishgan

Temir meteoritlar barbod bo‘lgan kichik sayyoralar yadrolaridan shakllanadi. Olimlarning fikricha, ular Antarktida hududiga qulash vaqtida quyoshdan qizib, muzlarni eritib, ular qa'rida qolib ketgan. Ekspeditsiya a'zolari meteoritlarni muzlar ichida izlash uchun metalldetektorlardan foydalanadilar. "Muvaffaqiyat qozonilsa, bizning ekspeditsiyalar olimlarga Quyosh tizimi shakllanishi manbalarini aniqlash va Buyuk Britaniyani meteoritlar va sayyoralarni o‘rganish sohasidagi yetakchi sifatida tasdiqlashga yordam beradi", deb ta'kidlab o‘tganlar tadqiqot mualliflari. 

Ekspeditsiyaga Manchester universiteti vakillari boshchilik qilishadi. Aynan shu yerda temir meteoritlarni muz qatlami ostida topish mumkinligi g‘oyasi bildirilgan. Gap shundaki, Antarktida hududida dunyoning qolgan qismlaridan ko‘ra ancha kamroq temir meteoritlar aniqlangan, uning muzlarida aniqlangan nometall meteoritlar ulushi umumiy miqdordan 66 foizni tashkil qiladi va shu sababli olimlar temir meteoritlar muz qa'riga chuqur singib ketgan, degan fikrga kelishgan.

Ko‘proq yangiliklar: