Toshkentda texnologik chiqindilarni qabul qilish punktlari paydo bo‘ladi

Jamiyat 19:10 / 27.01.2017 7186

2017 yil aprel oyi oxirigacha Toshkent shahrida qattiq va elektron maishiy chiqindilarni to‘plashga ixtisoslashgan maxsus konteynerlar paydo bo‘ladi. Ular dastavval, shaharning yirik savdo maydonlari, xususan, Mediapark savdo tarmog‘i va jamoat joylarga o‘rnatiladi. Keyinchalik, poytaxt ko‘chalarida ko‘chma yig‘ish punktlari ham harakatlana boshlaydi. Bu haqda Gazeta.uz xabar qilmoqda.

Ushbu sayyor loyiha «Toshrangmetzavod» AJ tomonidan O‘zbekiston tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda 2016-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida qattiq xo‘jalik va elektron chiqindilarni qayta ishlashga qaratilgan, aholining ekologik faolligini oshirish, atrof-muhitni himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rishga doir qo‘shma dasturi doirasida amalga oshiriladi. 

Aholi maxsus konteynerlarga o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan xo‘jalik yoki kompyuter texnikasini chiqarib tashlashi mumkin. Konteynerlar turli chiqindilar uchun alohida bo‘limlarga ajratilgan bo‘ladi. 

Elektron chiqindilarni «Toshrangmetzavod»ning bo‘linmasi qayta ishlaydi. Shu bilan elektron chiqindilar ekotizimni ifloslantirishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

«Toshrangmetzavod» ikkilamchi rangli metallarni yig‘ish va qayta ishlash bilan shug‘ullanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: