Video: Toshkentda gazeta o‘qib, avtobus boshqarayotgan haydovchi

Jamiyat 15:14 / 25.01.2017 24318

Internetda g‘ayritabiiy videorolik tarqaldi. Unda yo‘lovchi avtobusi haydovchisining transport vositasini haydab ketayotgan paytida gazeta o‘qiyotgani tasvirlangan.

Ma'lum bo‘lishicha, hodisa Toshkent shahridagi 51-yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobus haydovchisi bilan ro‘y bergan. Videodan ko‘rish mumkinki, haydovchi gazetani rulga qo‘yib, vaqti-vaqti bilan yo‘lga nazar tashlab turgan. U yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlarini ko‘rib gazetani tizzasiga qo‘yib oldi, biroq uni mutolaa qilishdan to‘xtamagan. Shundan so‘ng, o‘qilgan narsa yuzasidan chiptachi bilan bahsga ham kirishdi. Shu bilan bir qatorda, haydovchi transport vositasini boshqarishda davom etgan.

Umid qilamizki, «Toshshahartransxizmat» AJ ushbu hodisaga e'tibor qaratib, tegishli chora ko‘radi.

Ko‘proq yangiliklar: