Shoshiling: «GM Uzbekistan»ga savol va taklifi borlar uchun ajoyib imkoniyat taqdim etildi

Fan-texnika 18:15 / 25.01.2017 44883

«GM Uzbekistan» kompaniyasi 2017 yilning 25 yanvaridan mijozlarga xizmat ko‘rsatish va mahsulot sifatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalarni hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni olish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazishni boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil O‘zbekistonda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilindi. O‘zbekiston rahbariyati tomonidan aholi hamda tadbirkorlar duch kelayotgan mavjud muammolarni hal etish vazifasi qo‘yildi.

So‘rovnoma 2017 yilning 3 fevraliga qadar davom etadi. So‘rovnoma davrida kelgan barcha taklif va tavsiyalarni tahlil qilib chiqqandan so‘ng, «GM Uzbekistan» kompaniyasi o‘z faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha dastur qabul qilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi hukumati darajasida qaror qabul qilinishi kerak bo‘lgan masalalar ko‘rib chiqilishi uchun mamlakat rahbariyatiga yuboriladi.

«GM Uzbekistan» kompaniyasi barchani mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etishga hamda mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish borasidagi takliflarni quyidagi havolalar orqali kiritishlarini so‘raydi:

o‘zbek tilida:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSd2JxLTKNMDHDlRkud2oLRVBE6rIvrfCOH7yzx9gunhKhO2MQ/viewform

rus tilida:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdPT2z1e7kYLZoIdeX4CZWewmun-wbcBgzScV-pdANYqN458A/viewform.

Ko‘proq yangiliklar: