Estoniya xorijiy ishbilarmonlar va mutaxassislar uchun startap-vizalarni ishga tushirdi

Jahon 10:02 / 20.01.2017 4457

Estoniya hukumati Yevropa Ittifoqidan tashqarida istiqomat qiluvchi ishbilarmonlar va mutaxassislarga startap-vizalar berish dasturini ishga tushirdi. Startup Estonia loyihasi doirasida Estoniya startap-hamjamiyati mamlakat ichki ishlar vazirligi ko‘magida rivojlantirilmoqda.

Startap-viza olishga Estoniyada o‘z shaxsiy loyihasini rivojlantirmoqchi bo‘lgan ishbilarmon da'vogarlik qilishi mumkin. Agarda uning Estoniyada kompaniyasi bo‘lsa, u doimiy yashash uchun huquq beruvchi ruxsatnomani olish bo‘yicha murojaat qilishi mumkin.

Startap-viza olish bo‘yicha murojaat mahalliy startap-hamjamiyati ishtirokchilaridan tashkil topgan maxsus Startap-qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqiladi. Tashkilot o‘z qarorini to‘qqiz ish kuni davomida qabul qiladi, shundan so‘ng murojaat yo‘lovchi shaxsga ijobiy javob olgan taqdirda maxsus kod beriladi. Uning yordamida Estoniyaning yaqin atrofda joylashgan elchixonasiga viza olish uchun hujjatlar topshirish mumkin.

Shuningdek, dasturdan Yevropa Ittifoqidan tashqarida yashovchi xorijiy mutaxassisni ishga olmoqchi bo‘lgan mahalliy startaplar ham foydalanishi mumkin. Buning uchun xorijlik xodimlarni imtiyozli shartlarda ishga jalb etish haqida murojaat yo‘llash kerak. U Startap-qo‘mita tomonidan  qanoatlantirilsa, kompaniya xorijlik xodimlarni besh yilgacha ishga olish huquqini qo‘lga kiritadi.

Xorijlik xodim uzoq muddat hamkorlik davomida mamlakat hududida doimiy yashash uchun huquq beruvchi ruxsatnomani olishga hujjatlarini topshirishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: