Moskvada politsiya ta'qibi avtohalokat bilan yakunlandi

Jamiyat 01:03 / 19.01.2017 11242

Rossiya politsiyasi xodimlari Moskva shahrida avtomobilni olib qochishda gumon qilinayotgan ikki kishini qo‘lga oldi, deb xabar qilmoqda poytaxt IIV boshqarmasi matbuot xizmati. 

Avtoinspektorlarning e'tiborini yo‘l qoidasini buzgan "Sobol" haydovchisi o‘ziga tortgan. U politsiyachilarning avtomobilni to‘xtatish talabiga bo‘ysunmagan va yashirinishga uringan. 

Politsiya xodimlari uni ta'qib qilishni boshlagan. Mikroavtobus haydovchisi politsiyadan qochar ekan, qarama-qarshi yo‘lakka chiqib, 3 ta mashinaga kelib urilgan. 

Qoidabuzarlar shu ondayoq ushlangan, ular Perm o‘lkasidan 24 yoshli va Vologda viloyatining 18 yoshli fuqarosi bo‘lgan. 

Yosh yigitlarning avtomobil uchun hujjatlari bo‘lmagan, keyinroq, ma'lum bo‘lishicha, ular mashinani o‘g‘irlashgan. Hech narsadan xabari yo‘q avtomobil egasi bu vaqtda uyida bo‘lgan. 

Gumondorlar 7 yilga ozodlikdan mahrum etilishlari mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: