Hyundai va Kia AQShga 3,1 milliard dollar sarmoya kiritadi

Fan-texnika 00:15 / 19.01.2017 4148

Janubiy Koreyaning Hyundai va Kia avtomobilsozlik kompaniyalari kelgusi besh yilda AQShda o‘zlarini rivojlantirish uchun 3,1 milliard dollar miqdorida sarmoya kiritadi. Automotive News portalining xabar qilishicha, bu mablag‘larning aksariyati Qo‘shma Shtatlarda yangi zavod qurilishiga sarflanadi. 

Yangi besh yillikda sarf etish rejalashtirilgan mablag‘, kompaniyalarning o‘tgan besh yilda sarflagan sarmoyasidan deyarli bir baravar ko‘pdir. Tahlilchilarning fikricha, Koreya avtomobilsozlarining bunday siyosati, AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning bayonotlariga o‘ziga xos javobdir. U, jumladan, avtomobilsozlik va boshqa firmalarni mamlakat ichkarisida ishlab chiqarishni rivojlantirishga chaqirgan edi. Tramp, Meksika hududida ishlab chiqarilgan avtomobillarga 35 foizlik soliq joriy qilish bilan tahdid ham qilgandi. 

Taxminlarga ko‘ra, Hyundai va Kia kompaniyalarining yangi zavodi premium toifadagi Genesis brendi modellarini ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, Amerika bozori uchun maxsus tayyorlangan yo‘ltanlamas ham yangi zavod mahsulotiga aylanishi ehtimol. Shu bilan birga, Hyundai Montgomeridagi Sonata, Elantra va Santa Fe modellari yig‘iladigan zavodini modernizatsiya qilishni ham ko‘zlamoqda. 

Sarmoyalarning 30-40 foizi tadqiqot va ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqishga sarflanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: