WP: Tramp 2020 yilgi prezidentlik kampaniyasi shiorini o‘ylab qo‘ydi

Jahon 22:50 / 18.01.2017 8186

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp The Washington Post nashriga bergan intervyusida 2020 yilgi prezidentlik kampaniyasi uchun yangi shiorni taqdim qildi.

"Amerikaning buyukligini saqlab qolamiz", deb yangramoqda Trampning yangi shiori.

Nashrning ta'kidlashicha, Tramp intervyu vaqtida o‘z advokatiga bu shiorni patentlab qo‘yishni buyurgan. 

Trampning ta'kidlashicha, yaxshi prezidentning majburiyatlaridan biri uning "mamlakat uchun tashabbuskor" bo‘lishi va shaxsiy o‘rnak ko‘rsatishi hisoblanadi.

Ta'kidlanishicha, Trampning 2016 yilgi "Amerikani yana buyuk qilamiz" degan shiori u tomondan 2012 yildayoq patentlashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: