Markaziy Italiyada bir kun ichida 4-marotaba kuchli zilzila qayd qilindi

Jahon 22:46 / 18.01.2017 5535

Markaziy Italiyada bir kun ichida 4-marotaba kuchli zilzila qayd qilindi, uning magnitudasi 5,1 ballni tashkil qilgan. Bu haqda Italiya geofizika i vulqonshunoslik milliy instituti ma'lum qildi. 

Italiyaning Latsio, Abrutstso va Marke shaharlarida 18 yanvarda bir soat ichida 5,3-5,4 magnitudali uchta kuchli zilzila sodir bo‘lgan. Jabrlanganlar bo‘lmagan. Zilzila Rimning tarixiy qismida ham sezilgan.

Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan.

Mahalliy hukumat vakillari jiddiy vayronalar yo‘qligini, biroq ba'zi joylardagi vaziyat yomon ob-havo sharoiti va kuchli qor yog‘ishlar bilan murakkablashayotganini ma'lum qilishgan. U yerlarga armiya bo‘linmalari jo‘natilgan.

Italiya televideniyesi muxbirlarining voqea joyidan ma'lum qilishicha, balandligi bir metrgacha yetgan qor uyumlari asosiy xavfni solmoqda. Bu uyumlarning og‘irligi yangi vayronalarni keltirib chiqarishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: