Server Jyeparov «Lokomotiv» klubi bilan xayrlashdi

Sport 19:39 / 14.01.2017 8146

Toshkentning «Lokomotiv» klubi yarimhimoyachisi Server Jyeparov jamoani tark etishi aniq bo‘ldi. Bu haqda klubdagi manbalardan biri Tribuna.uz saytiga ma'lum qilgan.

«Server Jyeparov rostan ham jamoani tark etdi. Kecha u futbolchilar va klub vakillari bilan xayrlashdi», deydi «Lokomotiv» xodimi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jyeparovga Eronning «Istiqlol» jamoasi qiziqish bildirayotgani va unga 1,5 yillik shartnoma taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ko‘proq yangiliklar: