Tokio baliq kimoshdi savdosida 212 kg keladigan ko‘k tunets sotildi

Jamiyat 09:43 / 05.01.2017 15608

Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Tsukidzi dengiz mahsulotlari bozoridagi kimoshdi savdosida ko‘k tunets o‘z xaridorini topdi. U yangi yildagi ilk kimoshdi savdosida 74,2 mln iyen (634 ming AQSh dollariga yaqin)ga sotildi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi kimoshdi savdosi tashkilotchilariga asoslangan holda. 

Ushbu kundagi eng qimmat narxda sotilgan baliq Aomori prefekturasidagi Oma portining Tinch okean hududida ushlangan. To‘rtinchi yildirki, baliqni Tokiodagi sushi taomlarini tayyorlaydigan restoranlar tarmog‘i xo‘jayini Kiyosi Kimura xarid qildi. U Tokio baliq bozorida mashhur xaridordir. 

"Biroz qimmat, ammo men, shunday shakldagi va o‘lchamdagi tunetsni xarid qila olganimdan xursandman. Uni tezroq mijozlarimga tortiq qilishni xohlayman", - degan Kimura kimoshdi savdosi yakunida. 

Ta'kidlanishicha, baliq kimoshdi savdosidagi mutlaq rekord 2013 yilda qayd etilgan. O‘shanda, 222 kgli ko‘k tunets 155,4 mln iyen (o‘sha vaqtdagi rasmi kurs bo‘yicha 1,75 mln dollar)ga sotilgan. Yil boshidagi birinchi kimoshdi savdosida qimmat baliqlarni xarid qilish Tokio restoranlari elitasining o‘ziga xos ko‘ngilxushi hisoblanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: