Yangi yilda Onajoningizga nima hadya qilmoqchisiz?

Light 09:44 / 23.12.2016 10865

Biz har safar Yangi yil arafasida takror va takror bir xil muammoga duch kelamiz: Yangi Yilda onamga nima hadya bersam ekan? Albatta, sovg‘aning yoqimli va foydali bo‘lishini xohlaymiz, axir onalarimiz, doimo bizlar haqimizda qayg‘urishadi. Ko‘p hollarda, o‘zlarini va o‘z xohish-istaklarini ham unutishadi. Shu boisdan ham biz bu masalani siz uchun hal etishga harakat qildik hamda har bir onani xursand qila oladigan 10ta sovg‘ani tayyorladik. 

1. Qahva tayyorlagich  va qahva piyolalari to‘plami

Tasavvur qiling, kun tashvishlarini bir zumga unutib, turkada yangi damlangan qahvadan bir piyola ichib, yana ishlaringizda davom etsangiz, qanday yoqimli-a! Buning yanada yoqimli va didli jarayonga aylanishi uchun esa, biz sizga ajoyib turka va qahva to‘plamidan iborat sovg‘ani taklif etamiz. Siz Señor & Señorita do‘koniga tashrif buyurib, Turkiyaning Karaca, Hisar va Korkmaz brendlari tomonidan ishlab chiqarilgan sifatli turka va qahva piyolalarini xarid qilishingiz mumkin. 

2. Oshxona jihozlari 

Oshxonaga tegishli yorqin to‘plamlar onangizning barcha oila a'zolari uchun sevimli taomlarni tayyorlashdagi mehnatini yengillashtiradi. Axir, taomning mazali chiqishida uni tayyorlash jarayonidagi ko‘tarinki kayfiyat muhim o‘rin tutishi sir emas. Señor & Señorita do‘konidagi qozonlarning turli xil to‘plamlari onangizni lol qoldirishi aniq. Biz esa, kirib kelayotgan Xo‘roz yilining timsoli sifatida yanada yorqinroq namunalariga e'tiboringizni qaratamiz. 

3. Dasturxon to‘plami

Sovg‘a to‘plamlarining yana biri  – bu nafis chinni to‘plamidir. U, albatta, do‘stona oilaviy dasturxon atrofida bayramona kayfiyatni hosil qiladi. 

4. Uy uchun atirlar

Aromadiffuzorlar, aromachiroqlar va yoki yoqimli hidli shamlar – bularning bari original hamda shaxsiy hadya turiga kiradi. Bunday sovg‘a onangizning xursandchiligi butun yil davom etishini ta'minlaydi. 

5. Joseph Joseph konteynerlari

Kimdir birmuncha amaliyroq hadya qidirayotgan bo‘lsa, buning uchun ajoyib taklifimiz bor. Ularga Britaniyaning Joseph Joseph kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan sanalar bilan belgilash mumkin bo‘lgan idishlarini taklif qilamiz. Innovatsion tizim mahsulotlar sifatini nazorat qilish imkonini beradi. Bunday konteynerlar bilan mahsulotlar buzilishi hollarini keskin kamaytira olasiz. 

6. Issiq ko‘rpa va Adyol 

Ona qishning sovuq kecha va tunlarida farzandining mehrini, undan uzoqda bo‘lgan vaqtlarda ham his qilib turishini kim ham hoxlamaydi, deysiz. Karaca Home, Sarev va Seral kabi brendlar ostida ishlab chiqilgan junli yoki ipak matodan, yoxud mikrofiberdan to‘qilgan muloyim va issiq adyollar hamda ko‘rpalar bu borada ajoyib sovg‘a bo‘lishi shubhasiz. 

7. Uy uchun jihozlar

Har bir ona istiqomat qilayotgan uyi uchun mitti va yoqimtoy jihozlar olishni yoqtiradi. Masalan, nafis chinni vaza hamda Real Touch dekorativ gullari bo‘lishi mumkin.  

8. Sochiqlar to‘plami va cho‘milish xalati

Ona uchun hadya sifatida, shuningdek, original kashta solingan qulay, ixcham cho‘milish xalati va yumshoq sochiqlardan iborat to‘plam yoki klassik namunalarini ham tanlash mumkin. Sochiq va xalatning sifati yuqori talablarga javob berishi tufayli uzoq yillar beminnat xizmat qiladi. 

9. Choy to‘plami

Yana bir yoqimli sovg‘a sifatida choy to‘plamini tavsiya qilamiz. Onangiz undan yaqinlari va dugonalari bilan uchrashganida, yoki mehmonlarini kutganida foydalanishi mumkin. Bahoriy gullar naqshi solingan to‘plamlar muloqot chog‘ida o‘zgacha shukuh bag‘ishlaydi. 

10. O‘rin-ko‘rpa jildlari

Yana bir yutqazmaydigan sovg‘a namunasi – bu yotoq ko‘rpa-to‘shak jildlari to‘plamidir. Turkiyaning Karaca Home, Sarev, Pepper Home kabi brendlari tomonidan ishlab chiqilgan bejirim to‘plamlarning turli xil rangdagi namunalari: yorqinidan tortib, ranglarga boy xillari yoki tinch, osuda kayfiyatni baxshida etuvchi ranglar bilan jilolangan jildlar mavjud. Shunday ekan, siz onangizga mos tushadigan to‘plamni topishingiz shubhasiz.    

Señor & Señorita do‘konida siz yaqinlaringizga xursandchilik va baxtiyorlik hissini ulashadigan ajoyib yangi yil hadyalarini osonlik bilan topa olasiz. 

Señor & Señorita do‘konlari quyidagi manzillarda joylashgan:
Shayxontohur tumani, MEDIAPARK SM Qoratosh, 2-qavat. 
Oriyentir: O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi. 
Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasi.
Oriyentir: MEDIAPARK SM Sergeli, Sergeli avtomobil bozori. 
Ish tartibi: 10:00 dan 22:00 gacha, dam olish kunlarisiz.
Telefonlar: +99871 202 77 00.

Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: