Qirg‘iziston va Hindiston rahbarlari qator hujjatlarni imzolashdi

Jahon 17:49 / 20.12.2016 3906

Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi uchrashuvi yakunida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolangan, deb xabar qilmoqda 24.kg sayti. 

Qirg‘iz respublikasi rahbarining Hindistonga davlat tashrifi doirasida qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, sayyohlik, yoshlar ishlari, sport va jismoniy tarbiya sohalari hamda harbiy va diplomatik ta'lim yo‘nalishlariga oid anglashuv memorandumlari imzolangan. 

Tomonlar, shuningdek, Qirg‘iziston va Hindiston hukumatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama investitsiya shartnomasini ham qabul qilishgan. 

 

Ko‘proq yangiliklar: