Hameneiy Buyuk Britaniyani "yovuzlik manbai" deb atadi

Jahon 22:16 / 17.12.2016 8777

Eronning oliy rahnamosi oyatulloh Ali Hameneiy Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning Eron mintaqaga xavf solishi haqidagi bayonotiga javoban Buyuk Britaniyani "yovuzlik va baxtsizliklar manbai" deb atadi.

Avvalroq Mey "Eron Fors ko‘rfazi va Yaqin Sharq davlatlari xavfsizligiga xavf solishini" va "Buyuk Britaniya ko‘rfaz davlatlari bilan strategik hamkorlikka to‘liq sodiqligini va Eron solayotgan xavfga qarshi kurashish uchun ishlashda davom etayotganini" aytgan.

"Oxirgi mahal inglizlar beadablarcha Eronni mintaqaga xavf deb atashmoqda. Biroq hamma biladiki, aksincha, inglizlarning o‘zlari doimo xavf, janjallar va baxtsizliklar manbai bo‘lgan", deb aytilgan Hameneiy saytida chop etilgan xabarda. Eron oliy rahnamosi oxirgi 20 yil ichida Buyuk Britaniya mintaqa davlatlari uchun "yovuzlik manbai" bo‘lganini aytgan.

Eron tashqi ishlar vazirligi Bahraynda o‘tgan Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorligi kengashi sammitida Meyning "ig‘vogar gaplari"ga norozilik sifatida Buyuk Britaniyadan elchisini chaqirtirib olishi ma'lum qilingandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: