Qo‘qonda 90 million so‘mga yaqin sifatsiz dori-darmon vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi

Jamiyat 17:13 / 16.12.2016 9264

Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamenti organlari soxta tadbirkorlarning noqonuniy qilmishlarini fosh qilish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro Matluba Toshboyeva (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) doimiy ravishda sifatsiz va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan dori-darmon vositalarini sotish bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlandi.

“Huquq” gazetasining yozishicha, uning uyidan sotish uchun tayyorlangan, sifat sertifikatisiz hamda iste'molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan 90 million so‘mga yaqin dori-darmon vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Soxta tadbirkorga qilmishiga yarasha jazo muqarrarligi ta'minlandi.

Ko‘proq yangiliklar: