O‘zbekistonlik 50ga yaqin murabbiyga Yengil atletika sport turining qoidalari tushuntirib o‘tildi

Sport 19:45 / 14.12.2016 5443

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20 oktabrdagi 355-sonli qarori ijrosini  taminlash maqsadida  joriy yilning dekabr oyida qator o‘quv-seminar treninglari tashkil etilmoqda. 

Jumladan, 2016 yil 14 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi majlislar zalida sportning yengil atletika turi bo‘yicha Toshkent shahar xalq ta'lim hamda madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmalari tassarrufidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktablari murabbiylariga o‘quv seminarlar bo‘lib o‘tdi. 

Unda ishtirok etgan 50ga yaqin murabbiyga Yengil atletika sport turining xalqaro musobaqa qoidalari, Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmalarini qo‘lga kiritish hamda normativlar bajarilish qoidalari, shu bilan birga, WADA xalqaro Dopinga qarshi tekshiruv tashkilotining qoidalari hamda taqiqlangan moddalar ro‘yxati tushuntirib o‘tildi. Bundan tashqari, murabbiylar tomonidan berilgan savollarga mutaxassilar tomonidan javob berildi. 

Ko‘proq yangiliklar: