Toshkent tibbiyot akademiyasiga yangi rektor tayinlandi

O‘zbekiston 16:49 / 13.12.2016 37490

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari To‘ychiyev Laziz Nodirovich Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori etib tayinlandi. Bu ma'lumot "Kun.uz" nashri savoliga javob bergan Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manba tomonidan tasdiqlandi.

U sobiq rektor Karimov Shavkat Ibragimovichning o‘rnini egallagan.

Bundan oldinroq bosh vazir o‘rinbosari Adham Ikromov Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: