Shavkat Mirziyoyev nomiga qutlovlar kelishi davom etmoqda

O‘zbekiston 17:04 / 12.12.2016 9520

O‘zbekistonda 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Jumladan Yaponiya bosh vaziri Shinjo Abe, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn, Polsha Respublikasi Prezidenti Andjyey Duda, shuningdek, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan: Afg‘oniston Islom Respublikasi hukumati Ijroiya kengashi raisi – doktor Abdulla Abdulla, Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisining o‘rinbosari – Ilyas Umaxanov, Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining Xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi – Leonid Slutskiy, «Rossiyskiye jyeleznyye dorogi» OAJ prezidenti, MDHga a'zo davlatlar Temir yo‘l transporti bo‘yicha kengashi raisi – Oleg Belozerov, Yevropa Parlamenti deputati – Xerbert Dorfmann , Nagoya universiteti prezidenti – Seichi Matsuo, «LUKOYL» neft-gaz kompaniyasi prezidenti – Vagit Alekperov, «Boing – fuqarolik samolyotlari» kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori, «Boing» korporatsiyasi vitse-prezidenti – Reymond Konner, Umumiy kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi bosh kotibi – Vladimir Sherbakov, «Klaas» kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi – Katrina Klaas Myulxoyzer, «Klaas» kompaniyasi boshqaruvi a'zosi – Yan-Xendrik Mor, «Mir» davlatlararo teleradiokompaniyasi raisi – Radik Batirshinlar o‘z tabriklarini yo‘llashgan. 

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: