Tokioda 2020 yilgi Olimpiada uchun stadion qurilishi boshlandi

Sport 14:49 / 11.12.2016 5921

Yaponiya bosh vaziri Shinzo Abe Tokiodagi Milliy stadion uchun ilk g‘ishtni o‘rnatdi. Bu stadion 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlarida foydalanilishi rejalashtirilgan.

Bloomberg xabariga ko‘ra, milliy stadion 1964 yilgi Olimpiya o‘yinlari uchun qurilgan stadion o‘rnida barpo etiladi.

Stadion qurilishi uchun 1,5 mlrd dollar sarflanadi va qurilish ishlari 2019 yilning noyabrida yakunlanadi. Ushbu stadionda Olimpiadaning ochilish marosimlari o‘tkaziladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Yaponiya hukumati Olimpiadani o‘tkazish uchun zarur infratuzilmalarni tayyorlash uchun jami bo‘lib 3 trillion iyena (30 mlrd dollarga yaqin) mablag‘ sarflaydi.

Rejaga muvofiq, Tokio ma'muriyati o‘z byudjyeti hisobidan sport obektlari va poytaxtdagi boshqa infratuzilmalar uchun xarajatlarning 25 foizini qoplashi ko‘zda tutilgan. Tokio hududida bo‘lmagan obektlar qurilishi mahalliy ma'muriyatlar yordamida Yaponiya g‘aznasidan to‘lanadi. Yaponiya rasmiylari Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun avvalboshdan 734 milliard iyena (7,2 milliard dollar) sarflashni rejalashtirgan edi.

Ma'lumot uchun, Tokio–2020 Olimpiya o‘yinlari 24 iyul – 9 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Olimpiada tadbirlariga 7,5 milliondan ortiq chipta sotish ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: